Maqsadli ta'lim - bu muayyan kompaniyalar yoki tarmoqlar ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun mo'ljallangan dastur.
O‘qishga maqsadli qabul qilish:
- tegishli hududlarning, sohalar va tarmoqlarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ular uchun belgilangan ta’lim oluvchilarni qabul qilish parametrlari doirasida;
- kadrlar buyurtmachilari, davlat ta’lim muassasalari va fuqarolar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida;
- belgilangan tartibdagi umumiy asoslarda o‘tkazilgan tanlov natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
«Cyber University»da maqsadli ta’lim quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
- Mavzuga asoslangan kurslar: Masalan, ma'lum kompaniyalar talablariga moslashtirilgan kiberxavfsizlik, ma'lumotlar tahlili yoki mashinal o'rganish (machine learning, ML) bo'yicha kurslar.
- Individual o'quv dasturlari: biznesning o'ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda, biznesning talabiga binoan ta'lim dasturlarini ishlab chiqish.
- Korporativ hamkorlik: «Cyber University» davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, kompaniyalar bilan hamkorlikda talabalarga amaliy mashg‘ulotlar va haqiqiy ish sharoitlarida amaliyot o‘tashlari mumkin.