Cyber University o‘zining zamonaviy laboratoriyalari orqali raqamli texnologiyalar sohasida chuqur ilmiy-amaliy izlanishlar olib borishga imkon yaratadi. Universitetda sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, virtual reallik, dasturiy injiniring, robototexnika va raqamli media yo‘nalishlariga ixtisoslashgan laboratoriyalar faoliyat yuritadi. Har bir laboratoriya ilg‘or texnik jihozlar, zamonaviy dasturiy vositalar va tajribali mutaxassislar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, startap loyihalar yaratish va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, universitet sanoat bilan hamkorlikda ishlaydigan Living Lab muhiti orqali real muammolar yechimiga yo‘naltirilgan tajriba loyihalarini ham amalga oshiradi.